Karamli blinchik

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: (xamir uchun) 3 stakan sut, 2 dona tuxum, 2 stakan un, 1 choy qoshiq tuz, 1 osh qoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq soda + eritish uchun sirka, 1 osh qoshiq sariyog‘. (Masalliq uchun) karam, tuz, ko‘kat, ziravorlar, garmdori, o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi:

  1. Tuxumni shakar va tuz bilan iylab, 1 stakan sut quyib aralashtiriladi.
  2. Elangan unni solib, yumaloqlar qolmaguncha yaxshilab qoriladi.
  3. Qolgan sutni isitib xamirga quyiladi va aralashtiriladi.
  4. Sirkada o‘ldirilgan soda va eritilgan sariyog‘ qo‘shiladi.
  5. Xamirga biroz dam beriladi, keyin yupqa blinlar quruq tovada pishiriladi.
  6. Karam maydalab to‘g‘raladi va o‘simlik yog‘ida yumshaguncha qovuriladi, tuz hamda ziravorlar qo‘shiladi.
  7. Blinlar masalliq bilan to‘ldirilib, konvert shaklida o‘raladi va o‘simlik yog‘ida hamma tomoni qizarguncha qovuriladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/karamli-blinchik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x