KAPACHI QUSHLAR

KAPACHI QUSHLAR (Ptilonorhynchidae) — chumchuqsimonlar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 23—40 sm. Patlari koʻproq sariq, koʻkimtir qora va yorqin tusli, baʼzan qoʻngʻiroq. Avstraliya va Gvineyada tarqalgan. Nam tropik oʻrmonlarda yashaydi. Kapachi qushlar kuyikish davrida maxsus kuyikish maydonchasi tayyorlaydi. Uni chigʻanoqlar, mayda toshlar, mevalar, gullar bilan bezaydi. Maydonchada shox va poyalardan bal. 50 sm gacha, uz. 1 m gacha kapa ham quradi. Moda qush maydoncha yonidagi daraxtda och i q uya quradi. 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Mayda mevalar, chigʻanoqlar, hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. 8 ta urugʻi va 18 turi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x