KANOP TOLASI

KANOP TOLASIkanop oʻsimligi poyasidan olinadigan uzun tola. Ingichka, mayin va pishiq, nam tortish xususiyati (gigroskopikligi) yuqori boʻladi. Kanop tolasi olish uchun kanop oʻsimligining poyasi oʻrilganidan soʻng dalaning oʻzida maxsus mashinada boshoqlari, uruglaridan tozalanadi. Tozalangan poyalar bogʻ-bogʻ qilinib, kanop z-dlarida maxsus eritmali suv toʻldirilgan hovuz yoki suv havzalarida ivitiladi. Soʻngra tola ajratish mashinasida poʻstloqdan tolalar ajratib olinadi va meʼyoriga yetguncha quritiladi. Kanop oʻsimligi Oʻzbekistonda ham ekilgani uchun Kanop tolasi mahalliy material hisoblanadi. Undan, asosan, qoplik gazlama, oʻrov materiallari, brezent, kanop ip (arqon) olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x