KALAN

KALAN,dengiz qunduzi, kamchatka susari (Enhydra lutris) — susarlar oilasiga mansub sut emizuvchi. Shu urugʻning yagona turi. Kalan susarlarning eng yiriklaridan biri, tanasining uz. 100—150 sm, dumi 30—36 sm. Suvda yashashga moslashgan. Oldingi oyoklari kalta, barmoqlari boʻgʻimlarga boʻlinmagan, panja va tovonlari eshkakga aylangan. Suvga shoʻngʻiganda quloqlari va burun teshigi bekiladi. Suv ostida 45 min. gacha tura oladi. Yungi qalin, qoramtir qoʻngʻir, baʼzan timqora. Yil davomida tullaydi. Tinch okean sohillari boʻylab Kaliforniyadan Alyaska, Aleut orollarigacha, Kamchatkadan Yaponiyagacha tarqalgan edi. Qimmatli moʻynasi uchun koʻplab ovlanishi tufayli 19-a. oʻrtalarida arealining hamma qismlarida deyarli qirib yuborilgan. 1911-y. Xalqaro konvensiyaga koʻra, qoʻriqxonalarning tashkil etilishi va b. tadbirlar tufayli soni tiklanmoqda. Dengiz sohilida yashaydi, sokin obhavoda kechasi ham dengizda qoladi. Quruqlikda sekin harakat qiladi. Boʻgʻozlik davri 8—9 oy, urgʻochilari har 2 yilda bir marta bolalaydi. Bolalarining koʻzi ochiq, sut tishlari rivojlangan. Dengiz tipratikanlari, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Kalan sohil boʻyi biotsenozlarining asosiy komponenti, umurtqali hayvonlar sonini boshqarib turishi, qoʻngʻir suv oʻtlarining saqlanib qolishida muhim ahamiyatga ega. Dengiz suvining ifloslanishi, ayniqsa neft mahsulotlari Kalan uchun katta xavf tugʻdiradi. 2 kenja turi mavjud, muhofaza qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x