Kahvali tort

Kerakli masalliqlar: 
200 g un,
100 g margarin,
4 dona tuxum,
50 g mayonez,
1 s shakar,
2 osh qoshiq kakao,
4 osh qoshiq qahva va xamiryumshatgich.

Bezak uchun: 
500 g qaymoq,
100 g shakar,
200 g olcha murabbosi,
100 g qora shokolad.

Tayyorlanishi:

Eritilgan margaringa mayonez va shakar qo’shing. Bittadan tuxumni solib, atalang. Qahvani yarim piyola suvda eritib, kakao bilan bir vaqtda qo’shing.
Masalliqlarni aralashtirib, un va xamir­yumshatkich soling. Xamir quyuq smetana ko’rinishida bo’lishi kerak. Yog’langan pishiriq qolipiga xamirni solib, 40 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo’ying.
Qaymoqni shakar bilan aralashtirib, mikser yordamida ko’pirtiring. Korj pishgunicha muzlatgichga qo’yishingiz mumkin.
Tort korjini ikkiga bo’lib, o’rtasiga krem surting va ustidan olcha murabbosini soling. Tort ustini krem va shokolad qirindisi bilan bezating.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x