Jovanni Orlando – Qo‘qon xoni xizmatida bo‘lgan italiyalik


Post Views:
400

1837-yili Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan usmonli turk sultoniga Said Muhammad Zohidxo‘ja boshchiligida navbatdagi elchi jo‘natilgan. Elchilarga hukmdorning sovg‘a-salomini yetkazishdan tashqari sultondan harbiy mutaxasislar, tog‘-kon ishlari injenerlarini Qo‘qon xonligiga yuborilishida amaliy yordam so‘rash vazifasi qo‘yilgan. Usmonli turk davlati amaldorlari esa bu masalada yordam bera olmasligini maʼlum qilgan.

Lekin elchilarning bu sohada ayrim muvaffaqiyatlarga erishganligi to‘g‘risida manbalarda maʼlumot bor.

Misol uchun, D. Vasilyevning “Podshohdan tug‘ va qilich” (“Знамья и мечь от падишаха”. М. 2014) asarining 187-betida quyidagilarni o‘qish mumkin:

“По-видимому, посланнику Кокандского хана все же удалось завербовать в Стамбуле по службу в ханство специалиста по металлургии. Руководитель российской миссии в Бухару в 1841-1842 гг., горный инженер К. Ф. Бутенев сообщал, что кокандское посольство возвратилось из Константинополя в 1841 г., и в его составе был итальянец, «искусный в литье пушек». По прибытии посольства на территорию Бухарского ханства, итальянец тяжело заболел, и был вылечен доктором английского агента Конолли. О дальнейшей судьбе этого итальянца не известно, однако, учитывая военные действия, которые в тот момент бухарский эмир вел против Кокандского ханства, к месту назначения тот, скорее всего, не попал”–  yaʼni Qo‘qon xoni elchisi Istanbulda metallurgiya sohasi mutaxassisini topishga muyassar bo‘lgan va Buxorodagi rus missiyasi rahbari K. F. Butenevning xabar berishicha, Qo‘qon xonligi elchiligi 1841-yilda Konstantinopol (Istanbul)dan qaytgan va uning tarkibida zambarak quyish sohasida mutaxassis italiyalik ham bo‘lgan. Elchilik Buxoro amirligi hududiga kirib kelganda chet ellik mutaxassis og‘ir kasalga yo‘liqadi, uni ingliz agenti Konollining shifokori davolagan. Italiyalikning keyingi taqdiri nomaʼlum, o‘sha vaqtdagi Buxoro va Qo‘qon xonlii o‘rtasidagi dushmanchilik kayfiyatini hisobga olinsa, chet ellikning Qo‘qonga yetib borishi amri mahol bo‘lgan, deb xulosa qilingan.

1840-yili 12-iyun kuni Xiva shahriga kelgan ingliz ofitseri Richard Shekspir o‘zining sayohatnomasida (qarang: Blackwood‘s Edinburgh magazine. June 1842, “A personal narrative of a journey from Heraut to Ourenburg, on the Caspian, in 1840, by captain sir Rishmond Shakespear”) Qo‘qon xonligi elchisi bilan birga Qo‘qon shahriga ketayotgan italiyalik shaxs haqida qimmatli maʼlumotlarni beradi (R. Shekspirga ko‘ra, Muhammad Zohidho‘ja bilan italiyalik Tehronda ko‘rishgan va Muhammad Zohidho‘ja uni o‘z yurtiga borishga ko‘ndirgan).

T. K. Beysembiyevning “Кокандская историография”

asarining 516-betida 1840-1841-yillari Qo‘qon shahrida zambaraklar quyilganligi, nomaʼlum yevropalik sayyoh Qo‘qon shahrida islom dinini qabul qilganligi yozilgan (mazkur kitobda manba sifatida “Tavorixi Manzuma” asarining 79-, 80-, 81-betlari ko‘rsatilgan).

Doktor Volfning “Mission to Boukhara 1843-1845” asari 1-tomining 292-betida Jovanni ismli italiyalik soatsoz Qo‘qonda Buxoro amiri tomonidan asirga olinganligi, keyinchalik Buxoroga olib ketilganligi yozilgan.

Doktor Volfning “Mission to Boukhara 1843-1845” asari 1-tomining 352-betida italiyalikning ismi Jovanni Orlando ekanligi, Abdusamat to‘pchiboshining aytishicha, Amir Nasrulloning Qo‘qonga yurishida italiyalik asirga olinganligi, Amir Nasrullo Jovanni Orlandoni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, Abdusamat to‘pchiboshi italiyalikni o‘limdan olib qolganligi, Jovanni Orlando hamda uning xotini keyinchalik Buxoroga olib kelinganligi va hozirda Jovanni Orlando soatsozlik bilan kun kechirayotganligi yozilgan.

Italiyalik o‘limi haqidagi maʼlumotni M. Terentyevning “Россия и Англия в Средней Азии” (М. 1875 y.) kitobining 214-betida italiyalik Jovanni Orlando Buxoroda o‘ldirilganligi haqida izoh bor (qachon va qayerda o‘ldirilganligi yozilmagan). M. Terentyevning mazkur maʼlumotiga asoslanib, V. P. Yanshin o‘zining “Angliyskiye “puteshestvenniki” – razvedchiki v Sentralnoy Azii” nomli maqolasida (Vestnik KRSU. 2004. Tom 4. № 1) Jovanni Orlando o‘ldirilganligini bildiradi.

Mirkomil Mirmaqsudov

Darvoqe, ayrim manbalarda Buxorodagi Ark darvozasi tepasiga o‘rnatilgan soatni Qo‘qon xonligi bilan bo‘lgan urushda o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan deyiladi. Lekin ushbu soat asir olingan Jovanni Orlando Buxoro amirligiga keltirilgandan keyin yasalgan degan, talqin ham bor. Nima bo‘lganda ham Ark darvozasidagi soat italiyalik usta tomonidan yasalgani haqiqatga yaqinroq.

https://shosh.uz/uz/jovanni-orlando-qoqon-xoni-xizmatida-bolgan-italiyalik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x