JONIBEK SULTON

JONIBEK SULTON (toʻliq ismi: Jonibek ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (? — 1529.20.3, Miyonkol) — shayboniylarpan. Abulxayrxonning nevarasi, Muhammad Shayboniyxonning amakivachchasi. 16-a. boshida Shayboniyxon qoʻshini tarkibida Movarounnaxrni egallashda ishtirok etgan. Shayboniyxon tomonidan Fargʻona (Axsi) hokimi etib tayinlangan (150309), soʻngra (1510-y. dan) Karmanada oʻgʻillari bilan hukmronlik qilgan. Jonibek sulton fargʻonalik piri — Jaloliddin Ahmad Kosoniy — Maxdumi Aʼzamni Karmanaga chaqirtirib olgan (1514—16). Shayboniyxon vafoti (1510-y. dek.)dan soʻng Movarounnahrga yurish qilgan Bobur 1511-y. okt. da Samarqandni qoʻlga kiritadi. Jonibek sulton boshqa shayboniy sultonlar qatori Turkistonga qochgan. 1512-y. Ubaydullo sulton (q. Ubaydullaxon) b-n birga Movarounnaxrga qaytib Koʻli Malik jangida Boburni yengib Buxoro va Samarqandni egallashda ishtirok etgan. Bobur safaviylardan harbiy qoʻshin (Najmi Soniy boshchiligidagi qoʻshin) olib Jonibek sulton turgan Gʻijduvonni qamal qiladi (1512). Jonibek sultonning oz sonli qoʻshini qalʼadan chiqib tengsiz toʻqnashuvda Boburdan yengiladi. Biroq Ubaydullo sultonning puxta harbiy rejasi tufayli shayboniylar gʻalaba qiladilar (q. Gʻijduvon jangi). Shoir Podshohxoja (1480 — 1545) Jonibek sultonga atab «Maqsad ulatvor» dostonini yozgan (1515—20).

Manba: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofiz Tanish AlBuxoriy, Abdullanoma, 1-j., T., 1999.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI — XVIIIbb., T., 1985; Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969; Bartold V. V., Sochineniya, 2 t., chast 2, M., 1964. Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x