JOMASHOʻY

JOMASHOʻYNamangan viloyatidagi shaharcha (1972-y. gacha Katta Jomashoʻy qishlogʻi). Mingbuloq tumanы markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Oqtoshdan 12 km. Viloyat markazi — Namangandan 29 km. 383 m balandlikda. Aholisi 10,1 ming kishi (2000). Dastlab 1952-y. da choʻlda tashkil etilgan Jomashoʻy tumanining markazi boʻlgan. Jomashoʻy nomi jamansha urugʻi nomidan degan taxmin mavjud. Jomashoʻyda 3 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kutubxona, markaziy kasalxona, maishiy xizmat uyi, savdo markazi, sanʼat saroyi, aloqa uyi, dehqon bozori va b. bor.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x