Jinsiy zaiflikka olib boruvchi sabablar

Jinsiy zaiflik nima?

Bu qarilik yoki boshqa biologik sabablar tufayli jinsiy yaqinlik qila olmaslik, erkak jinsiy a’zosidan urug‘ning ajralib chiqmasligini anglatadi.

 Jinsiy zaiflikka olib boruvchi sabablar

Jinsiy ojizlikning bir qancha sabablari aniqlangan. Bularning barchasi bevosita hissiy va jismoniy holatning izdan chiqishi bilan bog‘lanadi.

Tibbiy yo‘l-yo‘riqlar va tavsiyalar beruvchi dunyoning eng ommabop The Merck Manual qo‘llanmasida yozilishicha, erkaklarning 50 foizida olat zaifligi 40 – 70 yosh oralig‘ida uchraydi. Yosh o‘tgani sayin jinsiy ojizlik xavfi ham ortib boradi.

Tadqiqotlar sog‘lom turmush tarzini tanlagan, sog‘lik uchun zararli bo‘lmagan, ekologik xavfsiz, osuda muhitda ish faoliyatini olib boradigan erkaklarda bu kasallik nisbatan ancha kech yuzaga kelishini ko‘rsatmoqda.

Jinsiy zaiflik oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga katta ta’sir qiladi. Shu yo‘sin u ruhiy siqilish, depressiya va erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligini keltirib chiqaradi. Quyida mazkur xastalikka sabab bo‘luvchi 5 ta omil xususida to‘xtalamiz.

Endokrin kasalliklar

Tanadagi endokrin tizimi metabolizm, ya’ni tanadagi modda almashinuvi jarayonini muvofiqlashtiruvchi, jinsiy hayotni izga soluvchi, oilada ko‘payishni ta’minlovchi, kayfiyatni nazorat qiluvchi bir qator muhim gormonlarni ishlab chiqaradi.

Diabet jinsiy ojizlikka sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan endokrin kasallikdir. U tanada insulin gormonining yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Surunkali diabetni keltirib chiqaradigan bosh omil esa – asab tizimining shikastlanishidir. Sababi asab tizimining shikastlanishi jinsiy a’zodagi sezuvchanlikning pasayishiga olib keladi.

Diabetning boshqa asoratlari qon aylanish tizimining buzilishi, gormonal nomutanosiblikda namoyon bo‘ladi. Bularning har ikkalasi jinsiy ojizlikni yuzaga keltiradi.

Nevrologik va asab tizimidagi buzilishlar

Nevrologik kasalliklardan jinsiy zaiflikka sabab bo‘luvchi eng ko‘p tarqalgan xastalik alsgeymer kasalligi bo‘lib, u orttirilgan aqli zaiflikning ommaviy tarqalgan shaklidir. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, toliqish, charchoq, kam uyqu ushbu kasallikning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shu bilan birga, Parkinson kasalligi (titroq xuruji: bu kasallik markaziy asab tizimining sust rivojlanuvchi xastalik bo‘lib, surunkali rivojlanib boradi), miya yoki orqa miya o‘smasi, skleroz, quyonchiq kabi asab tizimiga daxldor bo‘lgan kasalliklar ham jinsiy ojizlikni keltirib chiqaradi.

Shuningdek, prostata bezi jarrohlik amaliyoti mobaynida asab tizimining shikastlanishi ham jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin.

Olimlar uzoq vaqt mobaynida velosiped haydash ham davriy jinsiy ojizlikni olib kelishi taxminini ilgari surishmoqda. Sababi dumba va jinsiy a’zolarga og‘irlikning tushishi ham asab tizimiga ta’sirini o‘tkazadi.

Dori-darmonlar qabul qilish

Ba’zi bir dori vositalari qon aylanish tizimining buzilishi, bu orqali esa jinsiy ojizlikka sabab bo‘ladi. Shu bois ham, har bir tabletkani ichishdan avval mutaxassis shifokor bilan maslahatlashing.

Quyidagi dori vositalari jinsiy ojizlikka sabab bo‘ladi:

  • alfa – adrenoblokator vositalar, jumladan tamsulozin (Flomax);
  • beta-blokator yoki mineralokortikoid, misol uchun karvedilol, metoprolol (Lopressor)
  • markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi alprazolam (Xanax), diazepam (valium) va kodein kabi vositalar;
  • kokain va amfetamin kabi markaziy asab tizimi stimulyatorlari;
  • furosemid (Lasix) i spironolakton (Aldactone) kabi qon bosimini me’yoriga tushiradigan diuretik vositalar;
  • Prozak – seretonin tashuvchisi, Paksil kabi ruhiy holat yaxshilovchilari (ular miya to‘qimalariga zarar yetkazishi mumkin);
  • Leuprolid (Leuprolide) sintetik gormoni.

Yurak kasalliklari

Yurak va uning qon haydash jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar ham jinsiy zaiflikni yuzaga keltiradi. Jinsiy a’zoga yetarlicha qon yetib kelmasligi ham bu kasallikni yuzaga chiqarishi mumkin.

Ateroskleroz kasalligi, ya’ni tomirlarda tiqin paydo bo‘lishi, qon yurishining sekinlashuvi erkak salomatligi uchun xavfli. Qon tarkibida xolesterinning ko‘payishi, yuqori qon bosimi ham jinsiy a’zo faoliyatiga zarar yetkazadi.

Turmush tarzidagi omillar va hissiy omillar

Er va xotin o‘zaro shaxsiy munosabatlar chog‘ida o‘zlarini ma’lum darajadagi his-hayajon qurshovida sezishlari kerak. Bu holatni insondagi hislarning uning xohishiga nisbatan munosabati deyish mumkin. Agar odamda biror hissiy tartibsizlik bo‘lsa, bu uning romantik tuyg‘ularini his qilish qobiliyatini so‘ndiradi.

Ruhiy siqilish va xafaqonlik, darg‘azablik jinsiy a’zo faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tushkunlik xafaqonlikni, umidsizlikni, hafsalasizlikni boshlab keladi. Tushkunlik sabab yuzaga kelgan toliqish ham oiladagi jinsiy munosabatlarni izdan chiqarishi mumkin.

Xavotir, jonsaraklik ham bu borada juda zararli odat.

Giyohvand moddalar jinsiy faoliyatga nuqta qo‘yuvchi ashaddiy og‘ulardir. Shu bilan birga, ichkilikbozlik illati ham olat zaifligiga sabab bo‘ladi.

Biz keyingi, shu mavzuga oid maqolalarimizda erkaklarda mazkur kasalliklarning yuzaga kelishi va ularning oldini yuzasidan ilmiy isbotini topgan tavsiya va ma’lumotlarni berib boramiz.

Tarjimon: Shuxrat Sattorov

Manba: Erkak.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x