Jinsiy faollikni rag‘batlantiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi⁉️

 Jinsiy faollikni rag‘batlantiruvchi Kegel mashqlari haqiqatdan foydalimi⁉️
Kegel mashqlari jinsiy a’zo mushaklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar yig‘indisi hisoblanadi. Mashqlar XX asrning o‘rtalarida ginekolog Arnold Kegel tomonidan ayollar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik nafaqat ayollar, balki erkaklar salomatligi uchun ham muhim mashqlar ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi va ommalashib bordi.

Hozirgi vaqtda qadar ko‘pgina ginekolog, androlog, seksopatologlar o‘z bemorlariga ushbu mashqlarni tavsiya qilib kelishmoqda hamda kerakli va ko‘zlangan natijalarga erishilmoqda.
Kegel mashqlari jinsiy yo‘llardagi ba’zi kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi, masalan, enurez (siydik tutolmaslik), prostatit, to‘g‘ri ichak kasalliklaridan bavosir (gemorroy), enkoprez (axlatni muntazam tutolmaslik) kasalliklari profilaktikasida va davolashda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, jinsiy faoliyatni tartibga solishda (erta bo‘shalish, anorgazmiya va boshqalar) qo‘llaniladi. Mashqlarni bajarishning eng muhim jihati shundaki, mashqlarni muntazam bajarib borish chanoq bo’shlig’ida qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ushbu sohadagi eng muhim a’zolarning normal ish faoliyati rag’batlantiriladi.
Quyida qanday holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun Kegel mashqlari qo’llanilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tsak.

🔵 Kegel mashqlari qanday holatlarda ayollarga tavsiya etiladi?

🔸Siydik tuta olmaslik (enurez) ni davolash va oldini olish uchun;

🔸Gemorroy kasalligini oldini olish va bartaraf qilish;

🔸Kichik chanoq a’zolarida kuzatiladigan yallig‘lanish jarayonlarini davolash va oldini olish uchun;

🔸Organizmni bo‘lajak homiladorlikga vatug‘ruq jarayoniga tayyorlash, ularning ortiqcha bezovtaliklarsiz va oson o‘tishi uchun;

🔸Tug‘ruqdan so‘ng tug‘ruq yo‘llaridagi to‘qimalarning tiklanishi, asoratlarning tezda yo’qolishi uchun;

🔸Mijoz sustligi yoki sog‘lom jinsiy maylning yo‘qolishini holatini bartaraf qilish uchun;

🔸Anorgazmiya holati yuzaga kelmasligining profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.

Bu mashqlarni bajarish faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun qo‘llanilibgina qolmay, balki organizmning umumiy holatini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga egaligi Arnold Kegel tomonidan ham ta’kidlab o‘tilgan.

Umuman olganda Kegel mashqlarini bajarish ayol hayoti davomida uchrashi mumkin bo‘lgan homiladorlik, tug‘ruq kabi tabiiy jarayonlarni oson kechishiga, jinsiy muammolarning umuman kuzatilmasligiga yoki juda kam kuzatilishiga  yordam beradi. Va bu mashq erkaklarda ham ayollarda ham jinsiy hayot sifatini yaxshilashda qo‘llaniladiga eng zararsiz va foydali usullardan biridir.

 Kegel mashqlari qanday holatlarda erkaklarga tavsiya etiladi?

🔹Prostatit kasalligini davolash va oldini olish uchun

🔹Bavosil (gemorroy) kasalligini oldini olish va bartaraf qilish uchun;

🔹Qovuq nazoratini yaxshilash uchun;

🔹Tomchilab peshob ajratishni bartaraf qilish uchun;

🔹Enurez va enkoprez holatini oldini olish va bartaraf qilish uchun;

🔹Jinsiy zaiflikni oldini olish va bartaraf qilish uchun va juda ko‘plab muammoli holatlarda tavsiya etiladi.

Biz maqolada Kegel mashqlarining foydali jihatlarida qisqagina to‘xtalib o‘tdik, lekin bu mashqlarning reproduktiv a’zolarning normal ish faoliyati uchun juda muhim tomonlari hali juda ko‘p. Maqolamizni shu yerda yakunlaymiz va kelgusi maqolamizda.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x