JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent sh. da joylashgan. 1992-y. 23 sent. tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar f-tlari, 25 kafedra, Til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari b-n), kompyuter; testlar; «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazlari; Boshqaruv in-ti; tahrir va nashriyot boʻlimi; «Biznes olami» va «Ziyokor» oʻquv markazlari, «Internet» klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Untda 2001—2002 oʻquv yilida 1300 talaba oʻqidi, 200 dan ortiq prof. oʻqituvchilar, shu jumladan 20 fan d-ri, 80 fan nomzodi va dos. ishladi. Tashkil etilgandan beri 1300 ga yaqin mutaxassis tayyorladi. Un-t ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Un-tda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan prof. lar, mamlakatimizdagi amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Xalqaro Internet tizimiga ulangan. Un-tda BMT, YUNESKO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

D-rlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash ishlaydi. Aspirantura, doktorantura bor. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, «Xalqaro munosabatlar» jurnali nashr etiladi.

Adham Bekmurodov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x