Isroil Saidumarov — Ko’ngil band bo’ldi

Ketolmayman yiroq sendan,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.
Nechun, deb so`rmagil, mendan,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Ko`zing jodumikan, jonon,
Kulib aylar meni shodon.
Uzolmayman ko`ngil bir on,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Ajib san’at, malohat bu,
Bu odobdir, nazokat bu.
Menga, balki, saodat bu,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Magar sen bo`lmasang, dildor,
Parivash yorki, gul ruxsor.
Sevib qolgaymidim, ey yor,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi. (x2)

Band bo`ldi…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x