ISHSIZLIK NAFAQASI

ISHSIZLIK NAFAQASI — OʻzRda ishidan, ishidagi daromadidan mahrum boʻlib qolgan fuqarolarga qonunda koʻzda tutilgan tartibda va miqdorda, davriy ravishda beriladigan pullik yordam; ishsiz shaxslarga moddiy kafolatlarning asosiy turi. 16 yoshdan boshlab to pensiya b-n taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan yoshdagi; ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan; ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan; mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishga, malakasini oshirishga tayyor turgan, mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi. (OʻzRning «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida» yangi tahrirdagi qonuni; 1998-y. 1 may). I. n. ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Qaramogʻida 3 nafargacha kishi boʻlgan, 35 yoshga toʻlmagan ishsiz erkaklarga Ishsizlik nafaqasi haq toʻlanadigan jamoat ishlarida OʻzR Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning Ishsizlik nafaqasi olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi b-n I-kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Ishsizlik nafaqasiga oid amaldagi qonun-qoidalar OʻzR Mehnat kodeksi 60—66-moddalarida hamda yuqoridagi qonunda belgilab berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x