ISH DAVRI

ISH DAVRI — i. ch. vaqtining bir qismi boʻlib, ish vaqtidan foydalanish darajasini ifodalovchi koʻrsatkich. Ish davri davomida bevosita mehnat amalga oshadi, mahsulot qiymati yaratiladi, Ish davrining haqiqiy oʻrtacha davomiyligi koʻrsatkichlari (ish yili, choragi, oyi) tegishli davrda haqiqiy ishlangan kishikunlarini ishchilarning ayni davrdagi roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soniga boʻlish b-n; ish kuni esa haqiqiy ishlangan kishi-soatlarini haqiqiy ishlangan kishi-kunlarga boʻlish b-n; ish haftasi davomiyligi ish kunining haqiqiy oʻrtacha davomiyligini ish kunlari soniga (olti ish kunlik haf-tada — oltiga, besh ish kunlik haftada — beshga) koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ish davri asosida ish yili, choragi, oyi, haftasi, kunidan foydalanish koeffitsiyenti hisoblanadi, bu koeffitsiyent I. d. ning xaqiqiy davomiyligini belgilangan davomiylikka boʻlish orqali aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x