INSON HUQUQLARI

INSON HUQUQLARI — insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. I. h. ni erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18 — 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi..

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x