IMOM RIZO ANSAMBLI

IMOM RIZO ANSAMBLI — Mash had (Eron)dagi meʼmoriy yodgorliklar majmui (12—19-a. lar). Ansambl eski hovli, Alisher Navoiy ayvoni, yangi hovli, Imom Rizo maqbarasi, Gavharshod begim masjidi, Madrasa, kutubxona, karvonsaroy va b. dan iborat. Ansambl 2-marta qayta qurilgan. Mar-kazida shialarning 8-imomi Ali ibn Muso arRizo maqbarasi joylashgan (9-a. da bunyod etilib, 12-a. da Oljeytu sultoni hukmronligi davrida gumbazi qayta tiklangan). Maqbarani bezatish uchun katta mablagʻ sarflangan. Maqbara ulugʻvorligi jihatidan Samarkand va Hirot (14—15a. lar) maqbaralari bilan tenglashadi. 4 hovlidagi katta ayvonlar [jan.-gʻarbiy qismi (uz. 46 m.) A. Navoiy boshchiligida 15-a. oxirida qayta qurilgan va oʻz koʻrinishini oʻzgartirgan], Shoh Abbos II ayvoni (1649), Gavharshod begim sharafiga qurilgan masjid (q. Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi) joylashgan va u eshik orqali maqbara bilan bogʻlangan. Ansamblning devor va gumbazlari koshinlar, naqshli lavhalar, izo-rasi marmar va zarhallar bilan qoplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x