IJODIY HAMKORLIK

IJODIY HAMKORLIK — ikki va undan ortik, ijodkorning birgalikdagi ijodiy mehnati. Ijtimoii hayotga munosabati, hayotiy tajribasi, maslak va matlabi, eʼtikrdi, tili, estetik gʻoyalari, ijodiy uslubi yoki yoʻnalishi birbiriga yaqin ijodkorlar muayyan asarni birgalikda yaratishi mumkin. Mas, badiiy ijodda: Chingiz Aytmatov bilan qozoq shoiri Muxtor Shoxonov hamkorlikda yaratgan «Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori» badiiy-publitsistik asar I. h. ning yorqin na-munasidir. 19-a. da yashab oʻtgan fransuz yozuvchilari aka-uka E. va J. de Gonkurlarning bir umr davom etgan ijodiy hamkorligi jahon adabiyotidagi noyob hodisadir. Teatr sohasida: rejissyor Bahodir Yoʻldoshevning «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (Sayd Ahmad pyesasi), «Iskandar» (Sh. Rizayev pyesasi) rassom G. Brim bilan Ijodiy hamkorlik natijasida yaratilgan. Bundan tashqari, tasviriy sanʼatAmir Temur haykali», B. Usmonov, F. Ashrafiy, I. Jabbor), qoʻshiqchilik («Oʻzbekiston madhiyasi» A. Oripov sheʼri, M. Burhonov mu-siqasi) sohalarida Ijodiy hamkorlik namunalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x