IBROHIM RAHIM

IBROHIM RAHIM (taxallusi; toʻliq ismsharifi Rahimov Ibrohim Abdurahimovich) (1916.15.10, Fargʻona viloyati Quva tumani — 2001.22.11, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966). 2-jahon urushi qatnashchisi. Respublika radiosida siyosiy eshittirishlar boʻlimi bosh muharriri (1946—47), «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da boʻlim mudiri (1950), muharrir (1950—61), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1957—63). «Oʻzbekfilm» kinostudiyasi direktori (1962 – 66), Oʻzbekiston Davlat Kinematofafiya qoʻ-mitasi raisining birinchi oʻrinbosari (1963-64). «Guliston» (1966—69), «Mushtum» (1971 — 84) jur. larida bosh muharrir.

Ilk dostoni — «Bahodir» (1939) chegarachilar hayotidan yozilgan. «Sen tugʻilgan kun» (1967), «Mangulik qoʻ-shigʻi» (1970) qissalarida, «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) romanlarida 2-jahon urushi qahramonlarining hayotini, oʻzbek xalqining urush yillaridagi mehnat jasoratini aks ettirgan. «Ixlos» (1958), «Taqdir» (1964), «Tinimsiz shahar» (1968), «Oqibat» (1992) kabi romanlari yangi yerlarni oʻzlashtirish, yoshlar oʻrtasidagi doʻstlik va muhabbat, Toshkent zilzilasida oʻzbek xalqining sabrmatonati hamda qahramonliklariga bagʻishlagan.

Ibrohim Rahimning mustaqillik yillarida yozgan qissa, hikoya va ocherklari «Qurboningman» (1996), «Hayotni asrang, odamlar» (1997) kitoblariga jamlangan. «Jonim fido» va «Chaqmoq» dra-malari (1974), «Zangori olov kishilari» (1961), «Qalbingda quyosh» (1963), «Farhodning jasorati» (1969), «Ahmad Fargʻoniy» (2000) kinossenariylari muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «Doʻstlik» (1996), «El-yurt hurmati» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x