IBROHIM MIRZO

IBROHIM MIRZO, Ibrohim Sulton Abulfath (1 394 — 1435.4.5) — Balx va Toxariston (1409 — 15) hamda Erondagi Fors oʻlkasining hokimi (1415—35), shoir, adib, Hirot xattotlik maktabining yirik vakili. Temuriylardan, Shohruxning ikkinchi oʻgʻli. Onasi — Toʻti begim. Amir Temurning xotini Tuman ogʻo begim tarbiyasiga topshirilgan. Ibrohim Mirzo ilmfanga, sanʼatga homiylik qilgan, mamlakat obodonchiligida bosh-qosh boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarini Ibrohim Mirzoning topshirigʻi bilan yozgan. I. M. Sherozda va mamlakatning boshqa shaharlarida binolar qurdirgan. Ibrohim Mirzo olti xil xatda tengi yoʻq xattot boʻlgan. Shuning uchun ayrim masjid va madrasalar peshtoqiga oʻz qoʻli bilan kitobalar ham yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x