IBN FAZLON

IBN FAZLON Ahmad ibn Abbos (10-a.) — arab sayyohi, tarixchisi. 921—922-y. larda abbosiylar xalifasi Muqtadir elchilari tarkibida kotib sifatida Buxoro va Xorazm orqali Volga bulgʻorlari podshohi huzuriga sayohat qilgan. Sayohat tavsifi, shuningdek, Xorazm, oʻgʻuzlar, boshqirdlar, bulgʻorlar, ruslar va b. xaqida boy folklor-etnografik maʼlumotlar keltirilgan kitob yozgan. Ibn Fazlon kitobining dastlab-ki matni yoʻqolgan. 13-a. dayoq arab olimi Yoqut Hamaviy tomonidan foydalanilgan, qisqartirilgan tahriri Mashhad sh. da topilgan (1923).

Ad.: Kovalevskiy A. P., Kniga Axmeda Ibnfadlana o yego puteshestvii na Volgu v 921—922 gg., Xarkov, 1956; Puteshestviye Ibnfadlana na Volgu, M. — L., 1939.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x