HOSHIMOV Abdulla Hoshimovich

HOSHIMOV Abdulla Hoshimovich (1908.20.9, Toshkent – 1976.21.6) – fiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1956), prof. (1957), Oʻrta Osiyo tibbiyot in-ti davolash f-tini tugatgach (1933), normal fiziologiya kafedrasida katta laborant, aspirant (1933 — 35), assistent (1935—38), dotsent (1938 — 41). Urush qatnashchisi (1941— 45). ToshTI normal fiziologiya kafedrasida dotsent (1945—56), ayni vaqtda Riga tibbiyot in-ti normal fiziologiya kafedrasida doktorant (1953—56). 1957-y. dan ToshTIning normal fiziologiya kafedrasida prof. va Toshkent farmatsevtika in-ti fiziologiya kafedrasi mudiri (1956—73). Ilmiy ishlari, asosan, sogʻlom organizmda hamda tashqi muhitning organizmga taʼsiri natijasida qon aylanishining oʻzgari-shiga oid.

As: Vliyaniye korn bolshix polushariy na teploregulyaiiyu (Uslovnshe refleksm), T., 1940; Krovoobrasheniye pri pishevarenii, T., 1958.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x