Homiladorman, peshobimda oqsil borligi aniqlandi. Bu xavflimi?

Homiladorman, peshobimda oqsil borligi aniqlandi. Bu xavflimi?

oksil, yo‘ldosh

Tahlil natijalari oqsil borligini ko‘rsatgan ekan, uni bartaraf etishga harakat qiling. Avvalo buyraklarni ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish lozim. Tekshiruv natijasida boshqa xavfli omillar (masalan uretrit, epiteliy hamda oksalat, leykotsit, fosfat miqdorining oshishi singarilar) aniqlanmasa, faqat oqsil miqdori sinchiklab o‘rganiladi. Bunday holat homiladorlik toksikozlarida ham uchrashi mumkin. Umuman peshobda oqsilning hosil bo‘lishi buyrak faoliyati izdan chiqqanini bildiradi.

Ta’kidlash joizki, peshobda oqsil miqdorining oshishi qorindagi bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, hatto yo‘ldoshning ko‘chishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Keyinchalik homilaning muddatidan oldin tug‘ilishi (yohud nobud bo‘lishi) ehtimoli ham ortadi. Shuning uchun ham shifokor maslahatlariga ko‘ra muolajalarni ertaroq boshlash va qunt bilan oxiriga yetkazish zarur.

Homiladorlikka oid foydali maqolalarni saytimizning «HOMILADORLIK» rukni orqali o‘qib borishingiz mumkin.

Ekspert: Abduqodir Fozilov, urolog

Manba: “Sihat-salomatlik” jurnali.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x