Hikmatli javob

Har bir kasbning oʻziga xos tomonlari boʻlib, tashqaridan qaraganda bir-biriga oʻxshaydi, ammo oʻrtalarida keskin farq qiluvchi jihatlari bilan ajralib turadi. Quyida eʼtiboringizga havola etiladigan kichik hikoya ham fikrimizning isboti sifatida keltiriladi.

Mashhur yurak jarrohi avtomobilining motorini koʻrsatish uchun mexanikning ustaxonasiga olib keldi. Mexanik usta avtomobil motorini ochib taʼmirlashni boshladi, yaroqsiz boʻlib qolgan ayrim ehtiyot qismlarini olib, yangisini oʻrnatdi. Usta jarrohga qarab: “Mumkin boʻlsa sizga bitta savol bersam, maylimi?”, deb qoldi.

Jarroh ozgina hayron boʻlib: “Mayli soʻrang!”, dedi. Mexanik: “Siz yuraklar ustida amaliyot olib borasiz. Men ham avtomobillarning “yuragi”ni (yaʼni motorini) ochaman, xuddi siz kabi kasalini topib isloh qilaman. Kasbimizning mohiyati bir-biriga juda yaqin.

Lekin ayting-chi nima uchun oladigan ish haqimiz keskin farq qiladi? Operatsiyangiz uchun juda koʻp pul olasiz, sizga nisbatan bizga juda kam pul toʻlanadi. Sababi nima?” dedi.

Jarroh mexanikning oldiga juda yaqin kelib, uning qulogʻiga past ovozda, deyarli shivirlagan holda: “Agar qoʻlingdan kelsa, avtomobilni oʻchirmasdan motorini taʼmirlab koʻr-chi!?”, dedi.

 

“Ijod olami”, 2018/2

https://saviya.uz/ijod/nasr/hikmatli-javob/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x