Hikmat qirralari

Kimda-kim qarindoshlari sababli oʻziga obroʻ, yaqinlik axtarsa va oʻtgan ajdodlari bilan kibrlansa, oʻsha kishining oʻzi oʻlik, ajdodlari esa tirik sanaladi.

Abu Rayhon Beruniy

 

Agar odamlar faqat qorinlari judayam ochgan paytdagina ovqatlanishganda, shunda ham odatdagi, toza va toʻyimli taomni isteʼmol qilishganda edi, ular dard nimaligini bilishmagan va oʻz tanalari bilan ruhlarini oson idora eta olgan boʻlishardi.

Lev Tolstoy

 

Nima uchun koʻcha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

Abdulla Qahhor

 

Ikkinchi razryadli ijodkorni mashinaga ham, targʻibotchiga ham aylantirsa boʻladi, biroq birinchi razryadli sanʼatkorni boshqarishga hech kim qodir emas, hatto uning oʻzi ham.

Uilyam Folkner

 

Sheʼrini esdan chiqarib boshqa muqomlarga yoʻrgʻalay boshladimi, bilingki, u aslida shoir boʻlmagan yoinki “vositai joh” – bir nimalarga erishmoq uchungina satr tizib yurgan qofiyakash, xolos. U yoqni ham obod qilolmay bir kuni yuksak pillapoyalardan dumalab tushib kelgach, noiloj tagʻin nazmbozlikka kirishadi, qator-qator qilib kitob chiqara boshlaydi, ammo endi ularning ichidan sheʼrga oʻxshaganini topolmaysiz – koʻngil oʻzga ilinjlarda yura-yura qurib ado boʻlgan!

Erkin Aʼzam

 

Shon-shuhrat masalasida noliy olmayman. Lekin oʻzim uchun shuni kashf qildimki, bularning hammasi bir-biridan mayda, joʻn, hatto bachkana narsalar xolos. Ana shu poʻkak orzular oʻy-xayolingni band qilishi juda kulgili. Shuning uchun Bergmanga shov-shuvli hayotdan chekkada yashash hech qiyinchilik tugʻdirmaydi. Men katta bir yaxlitlikning ismsiz, yashirin ijodkori boʻlishni juda xohlayman. Oʻz ishlarimda nimanidir ketidan quvib sunʼiylikka yoʻl qoʻyishni xohlamayman. Doimo eng yaxshi, eng kuchli, eng birinchi boʻlishim kerak degan oʻydan koʻra, biroz vazmin boʻlib, koʻngling aniqlagan manzil tomon intilgan afzal.

Ingmar Bergman

 

Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad – mayda odamlarning ishi, ular oʻzlari havas qilgan atoqli shaxs­larning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.

Onore de Balzak

 

“Ijod olami”, 2018/1

https://saviya.uz/ijod/nasr/hikmat-qirralari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x