Hayz oldi sindromi

Hayz oldi sindromida ayollar har oyda, ma’lum bir vaqtda o‘zlarini yomon his qiladilar. Asablari buziladi, ko‘p narsalar yoqmaydi. Ba’zilarning yuziga husnbuzar toshadi. Ko‘kragi, oyoqlari og‘riydi. Ovqatlarning mazasi bilinmaydi, lekin ko‘p ovqat yeb yuboradi, shirinliklarni xohlaydi.

35 yoshdan keyin bu holat ayollarda og‘ir kechadi. Ko‘p tug‘ish, abort, xususan, patologik abortlar, yuqumli kasalliklar, asab buzilishi hayz oldi sindromining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Hayz oldi sindromi murakkab patologik simptomlar kompleksi bo‘lib, hayz kelishidan oldin xuruj qila boshlaydi.

Navbatdagi hayz ko‘rishdan 10-12 kun oldin yuqorida aytib o‘tilgan alomatlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Ko‘pchilik ayollarda hayz ko‘rgandan keyin bu alomatlar o‘tib ketadi.

Tadqiqotchilarning aksariyati hayz oldi sindromiga estrogen va progesteron gormonlari muvozanatining buzilishi sabab bo‘ladi degan fikrni aytadilar. Odatda bu gormonlar uyg‘un ishlaydi, lekin hayz kelishidan oldin bitta gormon ko‘p, boshqasi kam ishlab chiqariladi. Shu tufayli muvozanat buzilib, tana xastalanadi. Estrogenlar ko‘p ishlab chiqarilgan davrda ayollar jizzaki, hatto tajovuzkor bo‘lib qolishadi. Progesteron ulushi oshganda hol quriydi, kayfiyat o‘zgarib turadi, goho tushkunlik holati paydo bo‘ladi. Bu davrda ayol semirishga moyil bo‘ladi.

Hayz oldi sindromining turlari

Asabiy-ruhiy turi. Ayolning asablari buzilaversa, yig‘loqi bo‘lib qoladi. Oddiy gap-so‘zlarni ko‘tara olmaydi, o‘zini go‘yo yolg‘iz sezadi. hidlar yoqmaydi. Xotira pasayadi. Vahima paydo bo‘ladi. Sut bezlari dag‘allashadi va hokazo. Ko‘pincha yosh juvon tushkunlikka tushsa, yoshi o‘tgan ayol tajovuzkor bo‘lib qoladi.

Shishli turi. Sut bezlari shishib, bezillaydi. Yuz ko‘pchiydi. Boldir, ko‘l barmoqlari shishadi, semiradi. hol quriydi, ko‘p terlaydi, teri qichiydi va hokazo.

Sefalgik turi. Bosh migrendagiga o‘xshab og‘riydi. Ayol asabiy bo‘lib qoladi, ko‘ngli aynib, qusadi. Tovushlarga, hidlarga juda sezgir bo‘lib qoladi, boshi aylanadi.

Krizli turi. Uzoq vaqt davolanmay yurganda kelib chiqadi. qon bosimi ko‘tariladi, yurak tez uradi. Ayol ko‘p terlaydi, vahima paydo bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan alomatlar paydo bo‘lganda ayol kishi albatta shifokorga borib, uning maslahatlari bilan davolanishi kerak.

Foydali muolaja

Hayz oldi sindromi bor ayollarga parhez buyuriladi. A, V, Ye vitaminlar guruhini tutgan polivitaminlar tavsiya etiladi. Ular o‘simlik yog‘i, ko‘k qalampir, baliq, dukkaklilarda ko‘p bo‘ladi.

Mineral moddalar – kaliy, magniy, ruh, marganes (meva va sabzavotlarda ko‘p) buyuriladi. Kaliyga boy mahsulotlar (kishmish, bargak) tavsiya qilinadi. Kletchatka ko‘p tutgan mahsulotlar yeb turish, oqsillarni kamroq iste’mol qilish kerak, chunki oqsilli mahsulotlar organizmning mineral tuzlarga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Kofein bo‘lgan ichimliklarni ham kamroq ichgan ma’qul.

Doimo bir vaqtda to‘g‘ri ovqatlanish kerak, shunda moddalar almashinuvi yaxshi bo‘lib, hayz oldi sindromi alomatlari kamayadi. Yengilroq jismoniy mashqlar qilish, piyoda yurish, suzish kerak.

Tavsiyalar

  • Hayzdan 5 kun oldin suyuqlikni kamroq iching. Sho‘r ovqatlarni kamroq yeng (1 sutkada 3 g tuz tana uchun yetarli). Chunki tuz organizmda suyuqlikni ko‘p tutib turadi va hayz oldi sindromiga turtki bo‘ladi. Suyuqlik qovoqlarni salqitadi, miya to‘qimalarida yig‘ilib, bosh og‘rishiga sabab bo‘ladi.
  • Shaxsiy hayotdan ko‘ngil to‘lmasligi, qattiq siqilish, asabning buzilishi hayz oldi sindromining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kayfiyat buzilganda qizilpoycha, valeriana va arslonquyruq preparatlaridan birortasini ichish kerak.
  • Gormonlar bilan davolanish, yaxshi samara beradi. Masalan, bo‘yida bo‘ldirmaydigan tabletkalarni shifokor maslahati bilan ichish mumkin.

Hayz oldi sindromini davolash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ayollar sabr va qunt bilan davolanishlari kerak. Agar vaqtida davolanmasa, yosh o‘tishi bilan bu dard boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Manba: Tib.uz


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling


0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x