HARF-TOVUSH YOZUVI

HARF-TOVUSH YOZUVI, harfiy yozuv — har bir grafik belgi (harf) alohida bir tovushni (fonemani) yoki uning variantini (allofonni) ifodalaydigan yozuv turi; fonografik yozuv rivojidagi dastlabki sillabik (boʻgʻinli) yozuv bosqichidan keyingi ushbu yozuv baʼzi manbalarda a l i f – boli yozuv deb ham ataladi.

H.-t. yo., oʻz navbatida, maʼlum ketma-ketlikdagi 2 xil koʻrinishga ega:

1) konsonant, yaʼni harflar faqat undosh tovushlarni ifodalaydigan yozuv;

2) vokallashgan, yaʼni harflar ham undosh, ham unli tovushlarni ifodalaydigan yozuv. Konsonant yozuv qad. som (finikiy) alif-bosining yaratilishi bilan mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida; vokallashgan yozuv (haqiqiy maʼnodagi H.-t. yo.) esa yunonlar tomonidan finikiy yozuvining oʻzlashtirilishi va unga unlilarni ifodalovchi qoʻshimcha belgi (harf)lar kiritilishi bilan mil. av. 1-ming yillikning boshlarida paydo boʻlgan. H.-t. yo. boshqa yozuv turlariga qaraganda juda koʻp afzalliklarga ega. chunonchi, boshqa yozuv turlari (mas, xitoy iyeroglifik yozuvi, yapon aralash yozuvi) yuzlab, minglab, hatto oʻn minglab belgilar bilan ish koʻrgani holda H.t. yo. ga asoslangan alif-bolar bir necha oʻn belgi (harf)dan iborat boʻladi. Ayni paytda bu yozuv turi savodga oʻrganishda ham qator afzalliklarga, qulayliklarga ega.

H.-t. yo. boshqa yozuv turlaridan mutlaqo ajralgan, «sof» holda mavjud boʻla olmaydi. Unda maʼlum maʼnoda ideografik-logografik, boʻgʻinli yozuvlarning ham baʼzi unsurlari uchraydi. Mas, Ya harf-belgisi 2 tovush (y + a)ni ifodalab, boʻgʻinni tashkil etsa, S harf-belgisi xalqaro miqyosda kimyo, matematika, fizika sohalaridagi alohida termiilar va tushunchalarning ramzi boʻlib xizmat qiladi.

/(L. Fridri x I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979; Reformatskiy A. A.. Vve-depiye v yazmkovsdemiye, M., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x