HABIBULLAYEV Poʻlat Qirgʻizboyevich

HABIBULLAYEV Poʻlat Qirgʻizboyevich (1936.14.10, Andijon) — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akad. (1984). SSSR (1991-y. dan Rossiya) FA muxbir aʼzosi (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-mat. fanlari d-ri (1971), prof. (1972). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1960). Toshkent pedagogika in-tida kafedra mudiri (1964—71), Andijon paxtachilik in-ti rektori (1971—75), Oʻzbekiston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri (1975—78). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-ti direktori (1978—88), Oʻzbekiston FA Issiqpik fizikasi boʻlimi ilmiy rahbari (1977-y. dan). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1979—84), prezidenti (1984—88), Oʻzbekiston Oliy Soveti raisi (1985— 88), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1988—89), Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi (1994-y. dan), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori (2002-y. dan). «Oʻzbekiston fizika jurnali» bosh muharriri (1995y. dan). Ilmiy ishlari akustik spektroskopiya, fizik va kvant akustika, nanofi-zika va yumshoq muhitlar fizikasi, nochiziqli op-tika va lazer termokimyosi, superion oʻtkazgichlar va kvant-oʻlchamli sistemalar fizikasi, yadro fizikasi va radiatsion materialshunoslik, nochiziqli dinamika va xaos, izo-toplar fizikasi va kimyosi, lazer fotosintezi va b. yoʻnalishlarga doir. Habibullayev kritik hodisalar va fazaviy oʻtishlar sohasini oʻz ichiga olgan kondensirlangan muhitlar akustik spektroskopiyasi asoschilaridan biri.

Oʻrta maktab va oliy oʻquv yurtlari uchun fizikadan darsliklar mualli-fi. Pokiston, Hindiston va b. bir qancha xorijiy FA aʼzosi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat muko-foti laureati (1981). «Mehnat shuh-rati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

As.: Elektrostatisticheskaya model yomkix klasterov i termodinamicheskiye parametrn reaksiy klasteroobrazovaniya, T, 1985; Fizika myagkix sistem, T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x