GURPINOR Husayn Rahim

GURPINOR Husayn Rahim (1864-Istanbul—1944) — turk yozuvchisi, turk adabiyotida realizm oqimining yirik vakillaridan. Dastlabki romani «Dabdaba» (1888)da oliy tabaqa vakillarining axloqiy tubanligi fosh etilgan, Istanbul hayotining real manzaralari tasvirlangan. «Koʻzgu yoxud shukuh» (1888), «Iffat» (1896), «Murabbiya» (1898), «Sevgida tenglik» (1899) romanlarida turk jamiyatining deyarli yarim asrlik xayoti aks etadi. Gurpinor «Sevgi izlaridan» (1910) hamda «Dumli yulduz ostidagi uchrashuv» (1918) romanlarida oila, axloq masalalariga murojaat qilgan. 2-jahon urushi davridagi turk jamiyatining chuqur ijtimoiy ziddiyatlari «Eshitilmagan bir voqea» (1919) romanida, turk ayollarining ayanchli ahvoli esa «Billur qalb», «Bogʻlangan koʻngillar» (1926) romanlarida oʻz ifodasini topgan. «Muhabbat tilsimi» (1928), «Uyatsiz odam» (1934) kabi romanlarida kiborlar jamiyatining nuqsonlari ochib tashlangan. Gurpinorning «Xotinlar voizi» (1918), «Nomus va ochlik masalalari» (1933), «Yerosti yoʻlining ikki teshigi» (1934), «Menga farishta boʻlib koʻringan iblis» (1943) kabi hikoyalar toʻplamlari, «Kuz bulbuli» (1912) pyesasi ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x