GRANIT QATLAMI

«GRANIT» QATLAMI (granitgneys li qatlam, granit-metamorfik qatlam) — Yer poʻsti qatlamining shartli nomi, undan uzunasiga yoʻnalgan seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi 5,5—6,5 km/s ga teng boʻladi. Choʻkindi va «bazalt» qatlami oraligʻida joylashadi. Granit, gneys va b. metamorfik va otqindi jinslardan tashkil topgan. Materiklarda «Granit qatlami» q. choʻkindi jinslar b-n qoplangan, qalqonlarda esa ochilib qolgan. Tipik okean tubida «Granit qatlami» q. boʻlmaydi. Q. Yer poʻsti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x