GRAMM-MOLEKULA

GRAMM-MOLEKULA, molyar massa yoki mol — moddaning mol. m. ga son jihatdan teng qilib olingan grammlar hisobidagi miqdori. Mas, nitrat kislota HNO, ning bir gramm-molekulasi 63 g, chunki uning mol. m. 63 ga teng yoki suvning gramm-molekulasi 18 g, chunki uning mol. m. 18 ga teng. Texnikada G.-m. bilan bir katorda kilogramm-molekula (kmol), milligramm-molekula (millimol) singari massa miqdorlar ham ishlatiladi.

Gaz holatdagi har qanday moddaning gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar, yaʼni gramm-molekulyar hajmi deyiladi. Har qanday agregat holatdagi — qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi moddaning bir gramm-molekulasida 6,022-1023 ta molekula boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x