GOʻNGXOʻR QOʻNGʻIZLAR

GOʻNGXOʻR QOʻNGʻIZLAR — hayoti goʻng bilan bogʻliq boʻlgan qoʻngʻizlarning ekologik guruqi; Aphodinae, Geotrupinae, Scarabaeinae, Coprinae va b. kenja oilalarga mansub bir qancha turlarni oʻz ichiga oladi. Koʻpchilik turlarining qurtlari goʻng bilan oziklanadi, ayrim turlari, mas, oʻrmon G. q. (Ceotrupes stercorosus)ning lichinkasi chiriyotgan oʻrmon toʻshalmasida oziqlanadi. Aphodius avlodi vakillari oʻsimliklarning yosh ildizlarini zararlaydi, kravchiklar oʻz inida qurtlari uchun oʻsimlik maysalarini yigʻadi. Koʻpchilik Goʻngxoʻr qoʻngʻizlar nasli haqida gʻamxoʻrlik qiladi. Goʻngxoʻr qoʻngʻizlar q — organik moddalarni faol parchalovchilar. Koʻpchilik turlari gelmintlarning oraliq xoʻjayini hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x