GOLITSIN QATLAMI

GOLITSIN QATLAMI — Yer mantiyasi yuqori qismining quyi qatlami. Taxm. 400—900 km chuqurlikda joylashadi. 1916-y. da rus olimi B. B. Golitsin aniqlagan. Chet el adabiyotlarida «20° chegara ajratuvchi» nomi qabul qilingan. Seysmik toʻlqinlarning oʻtish tezligi Golitsin qatlamida tez ortib boradi. Golitsin qatlamida chuqurlikka tomon jinslar zichligining tez oshib borishi ham taxmin qilinadi. Bu jinslarning qayishqoq siqilishi, minerallar kristall panjaralarning qayta tuzilishlari, molekulalarda atomlarning qayta taqsimlanishi va ehtimol chuqurlikka tomon togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi oʻzgarib borishiga qarab izohlanadi. Golitsin qatlami atomlari nihoyatda zich joylashgan yangi minerallar (mas, stishovit — zichligi 4,35 g/sm3) paydo boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x