G’iyos Boytoyev — Onam yig’lar

Ko’nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bo’lsam bir kun, axir tildan ham, (x2)
Agar bir zot yig’lasa, chin dildan ham –
Ona yig’lar, ona yig’lar, ona u… {x2}

Sig’may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo’lsa ravona, (x2)
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig’lar, ona yig’lar, ona u… {x2}

Tinar bo’lsa qo’limdagi tor, dunyo,
Uch kun o’tmay unutgay do’st-yor, dunyo,
Yeru ko’kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig’lar, ona yig’lar, ona u… {x2}

Gulday kulib yurmasmidi bolam, deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi bolam, deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi bolam, deb,
Ona yig`lar, ona yig`lar, onam u… {x3}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x