Gipertoniya. Qon bosimi qachon va kimlarda yuqori bo’ladi

Yuqori qon bosimi organizmga ta'siri

Qon tomir devorlarining qon oqimiga nisbatan ko‘rsatgan qarshilik kuchi normal qon bosimini paydo qiladi. Sog‘lom kishi organizmidagi qon tomirlar kengayib-torayish xususiyatiga ega. Shuning uchun u muhitga moslashib, o‘rtacha muvozanatda turadi. Ba’zi oilalarda barcha kishilarning qon bosimi pastlikka moyil bo‘ladi. Ayrim oilalarda esa aksincha, bosim yuqoriroq ko‘rsatkichlari ega bo‘ladi. Agar turli ta’sirlar natijasida tomirlarning kengayish yoki torayish muvozanati buzilsa. Shu bilan birga bunday buzilish bir oz muddat saqlanib qolsa, kasallik alomatlari paydo bo‘ladi.

Gipertoniya yuzaga kelishi sabablari

Tomir faoliyatidagi bunday o‘zgarish faqatgina bosh miya faoliyatigagina bog‘liq bo‘lmaydi. Balki asabiy qo‘zg‘atuvchi tashqi va ichki ta’sir kuchiga ham bog‘liq. Ayniqsa buyrak, yurak va tomir kasalligi qon bosimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kishi turmushi tinch, osoyishta bo‘lishiga qaramasdan qop bosimi sutka davomida chiqib, tushib turadi. Odatda kunning birinchi yarmida qon bosimi normaga yaqin bo‘ladi. Ikkinchi yarmida esa bir oz ko‘tariladi, kechasi esa normaga yaqinlashadi.

Qon bosimini tabiatan yuqori bo‘lishi

Ba’zi kishilarda qon bosimi baland bo‘lishiga tugma moyillik bo‘lishi mumkin, boshqalarda esa turmushdagi salbiy qo‘zg‘atuvchi ta’sirida qon bosimi ko‘tariladi. Ayniqsa bosh miya kasalligida va ba’zi ichki kasalliklarda qon bosimining ko‘tarilishi kuzatiladi. Oiladagi bir necha kishida gipertoniya yani bosimni normadan ortiqroq bo‘lishi kasallikka tug‘ma moyillik borligiga dalil bo‘la oladi. Bunday oila a’zolari ko‘pchiligida qon bosimi darajalari bir xilda ko‘tarilgan bo‘ladi. Shu borada bir misol keltirmoqchiman.

Gipertoniya sababi irsiy bo‘lishi ham mumkin

M. ismli qo‘shnim bor edi. Uning oila a’zolari ko‘pchiligida qon bosimi normaga qaraganda ortiqroq edi. Bu kishining onalarida 28 yil davomida qon bosimi ortiq bo‘lgan, biroq o‘zlarini hech narsa bezovta qilmagani uchun vrachga bormaganlar. Bir kuni oilada bo‘lgan bir oz kelishmovchilik natijasida boshlari qattiq og‘rib. mendan ko‘rib qo‘yishimni iltimos qildilar. Chiqib yuraklarini eshitib, qon bosimini o‘lchab ko‘rdim, qon bosimi yoshlariga nisbatan ancha baland edi.

Qon bosimingiz ozgina ortiq ekan, balki boshingiz og‘riyotganiga shu sabab bo‘lsa kerak, dedim astagina. Bosimim qancha ekan. deb so‘rab qoldilar. 220/130 ekan, dedim. Do‘xtir bolam, bundan 10 yil ilgari ham bosimim xuddi shunday edi, dedilar, qon bosimi ko‘tarilganiga uncha e’tibor ham bermadilar. Qon bosimingizni tushiradigan dori yozib beraymi, desam, yo‘q bolam, bosh og‘rig‘i dorisini yozib bersang bas, dedilar. Surishtirsam ertasiga bosh og‘riqlari to‘xtab qolibdi. Keyinchalik 18 yil davomida salomatliklari yaxshi darajada turdi, desam bo‘ladi. Shuni ham aytishim lozimki, u kishi qon bosimi kasalligidan emas, balki butunlay boshqa kasallikdan olamdan o‘tdilar.

Yuqori qon bosimi qaysi hollarda kasallikdan dalolat beradi

Men bu bilan qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa ham bunga e’tibor bermaslik kerak, demoqchi emasman. Agar qon bosimi ko‘tarilgan vaqtida bosh og‘risa, yurak sanchib tursa, odam o‘zini yomon his qilib, qo‘l-oyoqlari uvishsa, ayniqsa bunday hollarda asabi buzilsa, tezda vrachga ko‘rsatish zarur. Agar qon bosimi normadan ortiq bo‘lsa-yu, lekin yuqorida zikr etib o‘tilgan kasallik alomatlari yuz bermasa, davolanishga ehtiyoj qolmaydi.

Qarangki, misolda keltirilgan oiladagilarning hammalarida gipertoniya surunkali ravishda kuzatilib tursa-da (masalan, birida 110/70, ikkinchisida 140/80, uchinchisida esa 150/90), ammo bu holat hech qaysilarini bezovta qilmaydi.

Qon bosimi normasi – “ishchi qon bosimi”

Hozirgi davrda qon bosimining yuqorimi, pastmi, doimo bir xilda turishi “ishchi qon bosimi” deb yuritiladi. Bu degan so‘z kishi uni o‘zining o‘rtacha bosimi deb bilishi lozim. Mabodo ana shu o‘rtacha bosim ko‘tarilsa, dori-darmon bilan o‘z holiga keltirish lozim. Ilgari bundan 10 —15 yil muqaddam bosim yuqori bo‘lsa, vrachlar darhol dori-darmonlar yordamida uni odatdagi normaga (120/00 mm ga) tushirar edilar. Hozirgi vaqtda odamning qon bosimi o‘ziga xos qancha bo‘lib turishi surishtiriladi, uning organizmi o‘rgangan bosimni tushirish tavsiya etilmaydi, o‘sha baland bosimga odamning hamma organlari moslashib qolgan bo‘ladi. Agar bu bosimni pasaytirish tavsiya etilsa, bemorning tinkasi qurib, charchaydi, behol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vrachlar dori-darmonlarni buyurishdan avval “kundalik o‘rtacha ko‘rsatkich bosimni” surishtirishlari kerak.

Gipertoniya qanday kasallik

Qon bosimining ham ustki, ham pastki darajasi ko‘tariladigan bo‘lsa, bu gipertoniya kasalligi deb yuritiladi. Odamlarda gipertoniyaga nisbatan tug‘ma moyillik bo‘lganda bosim 25 — 30 yosh oralarida ko‘tariladi. Bosimning ko‘tarilishiga tashqi muhitning yomon ta’sirlari sabab bo‘ladi. Kasallik asta-sekin rivojlana boradi, bemorning jahli tez chiqib, bo‘lar-bo‘lmasga tajang bo‘laveradi, boshi og‘riydi, uyqusi buziladi. Lekin bemorga tinch, xotirjam sharoit yaratilganda bu alomatlar o‘zicha davosiz o‘tib ketishi mumkin.

Biroq keyinchalik yillar o‘tgan sari bosh og‘rig‘i kuchayib, doimiyga aylanib qolishi mumkin. Og‘riq boshning orqa tomonida paydo bo‘ladi, tomir gupillab urayotgandek bo‘ladi, ayrim bemorlarning ikkala chakkasi og‘riydi, jahli tez chiqadi, tez charchaydi, xotirasi susayadi, fikrini to‘plash qiyinlashadi, ba’zan bo‘shashib, kayfiyati buziladi, yaxshi uxlay olmaydi, ko‘p tush ko‘radi. Alomatlar oldiniga bosim ko‘tarilganda sezilsa, keyinchalik bosim normada turganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Gipertoniya kasalligi boshlangan davrda bosim ko‘tarilib turadigan bo‘lib qoladi, keyinchalik esa uni normaga tushirish qiyin bo‘ladi, yuqorida aytilgan kasallik alomatlari esa doimiy bo‘lib qoladi. Agar bemor yaxshi davolansa, yurak atrofida va bosh miyada qon aylanishi buzilmasligi mumkin.

Gipertoniyaning yoshiga bog‘liqligi

Qon bosimi ko‘proq qaysi yoshdagi odamlarda ko‘tariladi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Gipretoniya hamma yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Lekin yoshlarda ko‘proq buyrak, yurak va boshqa ichki organlar kasalliklarida qon bosimi ko‘tariladi. O‘rta yashar kishilarda gipertoniya kasalligi boshqa kasalliklarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Katta yoshli kishilarda 50 — 60 yoshdan so‘ng qon tomirlar skleroz bo‘lib qolgani natijasida bosim ko‘tariladi. Sklerozda bosimning yuqori darajasi ko‘tarilib, pastkisi past darajada turadi (Masalan: 160/60).

Hozirgi vaqtda bosh miya gipotalamik xuruji vaqtida ham qon bosimi ko‘tarilishi aniqlangan. Shu bilan birga xuruj o‘tgandan so‘ng uning o‘z holiga qaytib tushishi kuzatilyapdi.

Bo‘yinning umurtqa qismida tuz yig‘ilganda ham qon bosimi tez-tez o‘zgarib turishi mumkin.

Gipertoniya oldini olish

Qon bosimi baland bo‘lishining oldini olish uchun avvalo uning sababini sinchiklab tekshirib ko‘rish lozim. Mabodo bosim tashqi muhit salbiy ta’sirlari sababli ko‘tarilayotgan bo‘lsa. Darhol bemor o‘z asab sistemasini tinchlantiruvchi dori-darmonlardan foydalanishi kerak.

Yuqori qon bosimini davolash

Buning uchun vaqti-vaqti bilan brom, valeriana, passit, valosedan dorilaridan ichish lozim. Vaqtida dam olish, kundalik rejimga rioya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bosimi surunkali ko‘tarilib turadigan kishilar albatta mutaxassis vrachlar bilan maslahatlashib davolashganlari ma’qul.

Maqolaga baho bering

[Total: 9 Average: 4.6]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x