GES KASKADI

GES KASKADI — bitta daryo yoki suv havzasiga pogʻonali tarzda qurilgan va umumiy suv xoʻjaligi rejimi bilan bogʻlangan gidroelektr stansiyalar majmui. GES k. daryoning energetik resurslaridan toʻlaroq foydalanishga, GES quvvatini oshirishga, manyovrchanlik sharoitini yaxshilashga imkon beradi. GES k. qurilishi katta daryolarda transport qarakatini ham yaxshilaydi. Mas, VolgaKama (Rossiya) va Dnepr (Ukraina) GES k. Kaspiy, Azov, Qora, Baltika va Oq dengizlarida yagona transport tizimini birlashtiradi. Hozir Oʻzbekistonda umumiy quvvati 1,4 MVt boʻlgan Toshkent, Chirchiq, Boʻzsuv, Samarqand, Shaxrixon va b. GES k. ishlab turibdi (2001) (yana q. Gidroelektr stansiya, Gidroenergetika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x