GENT

GENT, Gan — Belgiyaning shim.gʻarbidagi shahar, Lis va Shelda daryolari qoʻshilgan joyda. Sharqiy Flandriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 230,2 ming kishi (1992). Gent yozma manbalarda 7-a. dan boshlab tilga olingan.

Transport yoʻllarining tuguni. Gent ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrindagi dengiz porti (yuk ortish va tushirish yiliga 25 mln. t). Kanal orqali Shim. dengizga chiqiladi. G. Belgiyaning asosiy. sanoat markazlaridan biri. Toʻqimachilik (ip gazlama) sanoati qadimdan (10-a. dan) rivojlangan. Mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari bor. Qadimdan toʻr (krujeva) toʻqish b-n mashhur. Eksport uchun gul yetishtiriladi, gullar koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Chetdan paxta va zigʻir tolasi, kumir, neft maxsulotlari keltiriladi. Urta asr meʼmoriy yodgorliklaridan gotika sobori (12—16-a. lar), shahar minorasi (12—14-a. lar) saqlanib qolgan. Gent flamand xalqi madaniyatining markazi. Un-t (1817), muzeylar bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 7-a. da asos solingan. Gent oʻrta asr flamandlar shahri qiyofasini saqlab qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x