GELIOGRAFIK KOORDINATALAR

GELIOGRAFIK KOORDINATALARquyosh sirtidagi obyektlar oʻrnini belgilaydigan mikdorlar — geliografik kenglik (f) va geliografik uzunlik (/). (sr) — quyosh sirtidagi aniqpanishi lozim boʻlgan nuqtaga xayolan oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh ekvatori tekisligi orasidagi burchak. Quyosh ekvatorining fazodagi oʻrni quyosh sirtidagi obyektlarni kuzatish yoʻli bilan aniklanadi. Obyektlar ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻish burchagi / va Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish burchagi O. bilan belgilanadi. Ingliz astronomi R. K. Kerrington tomonidan 1854-y. uchun qabul qilingan qiymat: /=7° 15ʻ, Q=73°40/ishlatiladi. Geliografik koordinatalarga tegishli maʼlumotlar maxsus jurnalda yilning istalgan kuni uchun Grinvich vaqti bilan beriladi. Rasmda R — Quyosh aylanish oʻqining osmon sferasi proyeksiyasi bilan osmon meridiani orasidagi burchak, D — Yer — Quyosh yoʻnalishida oʻtkazilgan perpendikulyar bilan Quyosh oʻqi orasidagi burchak (—7°boshlangʻich meridian sifatida 1854-y. ning 1-yanvari Grinvich vaqti bilan 0h00m da Quyosh ekvatori tugun nuqtasining chiqish burchagidan oʻtgan meridian qabul qilingan. Uning Quyosh atrofida aylanish davri — 25,38 sutka. Yuqoridagi qiymatlar vositasida istalgan vaqt uchun markaziy meridiandan Kerrington meridianigacha boʻlgan masofa (1)ni hisoblash mumkin. Amalda Quyosh sirtidagi obyektlarning koordinatalarini maxsus toʻr vositasida tez aniqlash mumkin. Shim. yarim shardagi obyektlarning geliografik kenglik (f) musbat, Jan. yarim shardagilarniki manfiy boʻladi. Geliografik uzunlik (I) Quyoshning markaziy meridianidan gʻarb tomonda joylashadi detallarda musbat qiymatga, sharq tomonda joylashganlarida esa manfiy qiymatga ega boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x