GAZ SYOMKASI

GAZ SYOMKASI — 1) gazeimon uglevodorodlarni aniqlashga asoslangan neft va gaz konlarini qidirib to-pish metodi. Neft va gaz uyumlaridan ajralib chiqqan gazeimon uglevodorodlarni ularni qoplab turgan qoplam orqali yer yuzasigacha boʻlgan migratsiyasiga asoslangan. Rus geologi V. A. Sokolov taklif qilgan. Yer yuzasiga sizib chiqadigan uglevodorodlarning miqdori oz boʻlishiga qaramay ular chuqurlikda neft va gaz uyumlari borligidan darak beradi. Gaz syomkasi yeda gaz namunasi (tuproq ostidagi havodan) yoki 2—3 m chuqurlikdan togʻ jinsidan namuna olinib, soʻngra undan gaz ajratib olinadi. Olingan gaz namunasida metan, etan, propan va b. uglevodorodlar aniq-lanadi. Tahlil natijasida «gaz anomaliyasi», yaʼni uglevodorodlar konsentratsiyasining toʻplangan joyi aniqlanadi. Tekshirilayotgan maydondagi gaz anomaliyasi shu joyda neft va gaz koni borligining belgisi hisoblanadi.

2) Shaxta inshootlarida metanning ajralib chiqishi shiddatini aniqlash metodi. Gaz syomkasi havodan olingan namunadan metan konsentratsiyasiii aniqlab va kon inshootidan oʻtayotgan havoning miqdorini oʻlchash bilan bajariladi. Koʻndalang va boʻylama Gaz syomkasi maʼlum. Boʻylama Gaz syomkasi yeda inshoot uzunligi boʻyicha gaz konsentratsiyasi va debitining oʻzgarishi aniqlanadi, koʻndalang kesimli Gaz syomkasida inshootning koʻndalang kesimi boʻyicha gaz konsentratsiyasining oʻzgarishi kuzatiladi. Qaytadan bajarilgan Gaz syomkasi vaqt boʻyicha gazning ajralib chiqishi shiddatini oʻlchash imkoniyatini beradi. Bajarilgan ishlar natijasida Gaz syomkasi xaritasi tuziladi. Xaritada neft va gaz uyumlari toʻplangan joylar shartli belgilar b-n koʻrsatiladi. Bu metod neft va gaz qidirish ishlarini ancha tezlashtirishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x