GAMA

GAMA (da Cama) Vasko da Gama (1469, Sinish, Portugaliya — 1524.24.12, Kochin, Hindiston) — portugaliyalik dengizchi, Yevropadan Hindistonga boruvchi dengiz yoʻlini izlashni yakunlagan. Gama ekspeditsiyasi davrida portugallarga Afrikaning gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab boruvchi dengiz yoʻli allaqachon maʼlum boʻlib, Hind okeaniga olib chiquvchi yoʻl Bartolomeu Diash tomonidan 1487—88 y. larda topilgan edi. 1497-y. iyul oyida Gama boshchiligidagi ekspeditsiya 3 ta kemada Lisabondan chiqib Yaxshi Umid burni orqali 1498-y. Somalining Malindi bandargohiga langar tashladi. U yerdan dengiz yoʻlini mukammal biladigan Ahmad ibn Majidni olib uning yordamida Hindiston gʻarbidagi Kolikut sh. ga yetib bordi. Shunday qilib Gama ekspeditsiyasi Afrikaning jan.-sharqiy sohilini (Malindigacha) kashf qildi va Hind okeanini kesib oʻtdi. Gama 1488-y. avg. oxirida zirovarlar ortilgan kemada Kolikutdan vataniga yoʻl oddi va 1499-y. sent. da Lisabonga yetib bordi; ekspeditsiyada qatnashgan 168 kishining faqat S5 tasi tirik qaytdi (qolganlari yoʻlda halok boʻldi). Ekspeditsiya Portugaliyaning Hindistondagi mustamlakachilik ekspansiyasiga yoʻl ochdi. Gama 1502-y. 20 ta kemada yana Hindistonga kelib Kolikut sh. ni gʻorat qiddi, mahalliy hukmdorlar qarshiligini shafqatsizlarcha bostirdi va katta oʻlja bilan 1503-y. yana Lisabonga qaytib bordi. Gama 1524-y. Hindistonning vitseqiroli etib tayinlandi va oʻsha yili Hindistonga uchinchi oxirgi ekspeditsiyaga boshchilik qildi va oʻsha yerda vafot etdi.

Ad.: Magidovich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkrыtiy, M., 1967.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x