FTALAT ANGIDRID

FTALAT ANGIDRID, S8N4O3 Ftalat (ortoftalat) kislota angidridi; rangsiz kristallar. Mol. m. 148,11. Suyuklanish trasi 130,8°, qaynash trasi 284,5°, zichligi 1527 kg/m3. F. a. suvda juda oz (25° da 0,6%), spirtda, uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Qaynoq suv taʼsirida gidrolizlanib oftalat kislotaga aylanadi. Kondensatlanish reaksiyalariga oson kirishadi. Ftalat angidrid naftalin, shuningdek, oksilolni havo kislorodi yordamida gaz fazada katalizator ishtirokida oksidlash yoʻli bn olinadi. Organik boʻyagichlar, alkid smolalar, plastifikatorlar va b. muhim sanoat mahsulotlari i. ch. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x