FRONTIT

FRONTIT [lot. frons (frontitis) — peshona] — peshona boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali kechadi.

Oʻtkir Frontit, asosan, gripp, shamollash va b. yuqumli kasalliklarning asorati sifatida paydo boʻladi. Unda peshonaning kasallangan sohasi bir oz shishib, ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi, burundan nafas olishga qiynaladi, harorati koʻtariladi. Oʻtkir Frontit yaxshi davolanmasa, surunkali Frontitga aylanadi. Surunkali Frontitda peshona va yuqori qovoqlar ogʻriydi, burun shilliq qavatidan selga oʻxshash suyuqlik keladi; burun giperplaziyasi, granulyatsiya va poliplar hosil boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x