FRANS-IOSIF YERI

FRANS-IOSIF YERIBarens dengizining shim. dagi arxipelag, RFga qarashli. Mayd. 16,1 ming km2. 190 ta oroldan iborat. Uch qismga boʻlinadi: sharqiy qismi boshqa orollardan Avstriya boʻgʻozi bilan ajralgan Vilchek Yeri (2059 km2), GreemBell o. lari (1708 km2) va b. ; markaziy qismi — Avstriya boʻgʻozi b-n Britaniya kanali oraligʻida joylashgan orollar; gʻarbiy qismi — Britaniya kanalining gʻarbidagi orollar, butun arxipelagdagi eng katta Georg Yeri oroli (2900 km2) ana shu yerda. Arxipelag yuzasining 85% muzliklar bilan qoplangan, ular orasidan kryatoshlar chiqib turadi. Eng baland joyi (620 m) VinerNeyshtadt o. da. Orollar kum, gil va qumtoshlardan tuzilgan, bazalt qoplami keng tarqalgan. Oʻrtacha t-ra yanv. da —23°, —24°, iyulda 1,5°—0,2°. Yillik yogʻin shim. da 300 mm, jan. da 500 mm, qishda quyuq tuman, kuchli shamollar boʻladi. Oʻsimliklar kam (yoʻsin, lishayniklar). Sut emizuvchilardan oq ayiq, kamdankam qutb tulkisi uchraydi. Kush koʻp, asosan, arxipelagning jan. da «qushlar bozori» bor. F. I. Ye. qirgʻoklarida Grenlandiya tyuleni, nerpa, dengiz kuyoni, morj yashaydi. Frans-Iosif Yerida qutb tunlari 125 kun, qutb kunlari 140 kun davom etadi. Qutb styasi, geofizika rasadxonasi bor.

Frans-Iosif Yeri 1873-y. da K. Vayprext va Yu. Payer boshchiligidagi AvstriyaVengriya ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va AvstriyaVengriya imperatori FransIosif nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x