FOYDA — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni i. ch. va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, i. ch. omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda Foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi Foyda ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi Foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali Foydani koʻpaytiradi. Shu sababli Foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda Foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, Foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi Foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma F. ni eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, Foyda mikdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (Gʻ») nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday Foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali Foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi.
Foyda koʻrilgan. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim Foyda normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, Foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp Foyda olish mumkin, bordiyu Foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib Foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham Foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan Foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan Foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada Foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan Foyda mikdori qisqarmaydi. Agar Foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa Foyda massasining ortishi yuz beradi.
Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va b. F. turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama Foydaga boʻlinadi. Oddiy Foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan Foyda dir. Ustam a F. ni firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama Foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad Foydadan iborat boʻladi. Normal Foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam Foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal Foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu F. kapital egasiga tegadi. Omad F. si — bu F. ni bozor konyuyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaktinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad F. si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik F. si ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi.
Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda F. ning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, F. dan dividend toʻlanadi, xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F. hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.
Foyda bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi. Foydaning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi.
Ahmadjon Oʻlmasov.