FOSFATLI OZUQALAR

FOSFATLI OZUQALAR — tarkibida fosfor va kalsiy boʻlgan va mollarga beriladigan mineral ozuqa. Sanoatda chorvachilik uchun ozuqa sifatida ftorsizlangan fosfat (35% gacha Sa, 17% R), trikalsiy fosfat (kamida 32%Sa, 14%R), dikalsiy fosfat yoki ozuqa pretsipitat (kamida 16,6% Sa, 16,6% R), suyak uni (kamida 28,6% Sa, 13,4% R) va suyak kuli (ratsionda fosfor va Sa yetishmaganda foydalaniladi), diammoniy fosfat (8,6%R, 13,1% N; ratsionda fosfor yetishmaganda va kalsiy ortiqcha boʻlganda qoʻllaniladi) ishlab chiqariladi.

Ratsionda Fosfatli ozuqalar mikdori mollarning yoshi, vazni va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Mas, bir sutkada qoramollarga 50—200 g, tana va novvoslarga 20—100 g pretsepitat, trikalsiy fosfatdan tegishlicha 50—75 va 25—100 g berish mumkin. Fosfatli ozuqalar aralash yem, silos, turup, maydalangan ildizmevalarga qoʻshib beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x