FISJERALD (Fitzgerald) Frensis Skott (1896.24.9, SentPol, Minnesota shtati — 1940.21.12, Xeyvort, Gollivud) — amerika yozuvchisi. 1913—17 y. larda Prinston un-tida oʻqigan. «Jannatning bu tomoni boʻylab» (1920) nomli birinchi romanida Fisjerald birinchi boʻlib «yoʻqotilgan avlod», 20yillar amerika yoshlari tasviriga eʼtibor qaratadi. «Yoʻqotilgan avlod» F. ijodidagi asosiy mavzulardan boʻlib, uning 20-y. lardagi koʻplab hikoyalari va «Goʻzallar va xalokatga mahkumlar» (1922) romanida xam oʻz aksini topgan. Amerika adabiyotidagi mumtoz asarlardan hisoblangan «Buyuk Getsbi» (1925) romanida Amerikaning har qanday amerikalik oʻzining halolligi, gʻayrati, mehnatsevarligi bilan ijtimoiy pillapoyaning eng yuqori bosqichiga erisha oladigan mamlakat ekanligi haqidagi afsonani fosh etadi. «Muloyim tun» (1934) romanida esa isteʼdodli psixiatrvrach, baland kayfiyatli idealist Dik Dayverining astasekin zavol topishi, boylik oldida taslim boʻlishi haqida hikoya qilinadi, romantik orzuxayollar b-n haqiqiy hayot toʻqnashuvidagi chuqur fojia tasvirlanadi. Tugallanmagan ijtimoiy romani «Soʻnggi magnat» (1941-y. nashr etilgan) Gollivud hayoti, undagi kishilarning xulqatvori haqida. Fisjerald, shuningdek, «Yoʻldan ozdiruvchi ayollar va faylasuflar» (1920), «Jaz asri ertaklari» (1922), «Barcha gʻamgin yigitlar» (1926), «Tongda uygʻotuvchi ovoz» (1935) kabi hikoyalar toʻplamlari, «Halokat» avtobiografik ocherklar toʻplami (1946-y. nashr etilgan), pyesalar, ssenariylar muallifi. Teran psixolog, oʻtkir tanqidchi, nasr ustasi boʻlmish Fisjerald vafotidan ancha keyin, 50-y. larning oʻrtalaridan mashhur boʻlib ketadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые