FIBROADENOMA

FIBROADENOMA (lot. fi bra — tola va adenoma) , adenofibroma — bez va biriktiruvchi toʻqimadan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Asosan, sut bezlarida, prostata bezi va b. aʼzolarda uchraydi. Sekin oʻsadi, qobiqqa oʻralgan boʻlib, atrofidagi toʻqimalardan chegaralanib turadi. Bezning sut yoʻli ichiga oʻsgani — ichki Fibroadenoma, sut yoʻli atrofidagisi — tashqi Fibroadenoma, aralash oʻsgani ulkan Fibroadenoma (yaproqsimon), unda koʻpincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo boʻladi. Sut bezi Fibroadenomasida ogʻriq, prostata bezi Fibroadenomasida siydikning qisman yoki toʻla tutilishi kuzatiladi. Baʼzan xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Davosi: jarrox/shk yoʻli bilan olib tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x