FENAKIT

FENAKIT (yun. phenax — aldamchi) — orol silikatlari sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Be2[Si04], unda VeO 42—45%. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, mayda prizmatik, baʼzan romboedrik, shuningdek, radialnursimon usimtalar va sferolitlar shaklida. Rangsiz, sargʻish, pushti, kulrang, oq. Shishadek yaltiroq. Tiniq, shaffof. Qattiqligi 7,5—8, zichligi 2,9—3 g/sm3. F. magmatizmdan keyingi genetik tipdagi konlarda — pegmatit, greyzen, gidrotermal tomirlar va metasomatitlarda uchraydi. Gidrotermal metasomatik hosilalarda flyuorit, sulfidlar va slyudalar bn, dala shpatli metasomatitlarda baʼzan gentgelvin b-n assotsiatsiyada boʻladi. Fenakit kelajakda Be olinadigan manba. Yirik tiniq kristallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x