FAYOL

FAYOL Anri (1841 — 1925) — fransuz olimi va muxandisi, ilmiy boshqarish nazariyasi, menejment fani asoschilaridan biri. 30 yil (1888 — 1918) mobaynida fransuz togʻkon metallurgiya kompaniyasi («Comamhaulf») ning rahbari boʻlib ishlagan. 1918-y. da Maʼmuriy tadqiqotlar markazini tashkil etgan.

Fayol boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan ajratgan holda uni tashkil qilishning umumiy kridalarini ishlab chikdi, birinchilardan boʻlib boshqaruv nazariyasining shakllanishiga asos soldi. U boshqaruv idorasi bajaradigan 5 ta maʼmuriy funksiyani: taxmin qilish, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazoratni ajratib koʻrsatdi. Boshqaruv vazifalari:

1) texnika (texnologiya) sohasidagi faoliyat; 2) tijorat faoliyati (resurelarni xarid qilish, tayyor mahsulotni sotish, ayirboshlash);

3) moliyaviy faoliyat (kapital qidirish va uni samarali ishlatish);

4) himoyaviy faoliyat (mulkni va shaxsni himoya qilish);

5) hisobkitob sohasidagi faoliyat (taftish, molmulkni hisobdan oʻtkazish, balans hujjatlarini yuritish, sarfxarajatni hisobga olish, statistika hisobotini amalga oshirish);

6) maʼmurlik (shaxsiy tarkibga taʼsir koʻrsatish, vazifalar, buyruqlar berish, ishga kabul qilish, ishdan boʻshatish). F. tashkiliy rejalashtirish masalasiga alohida eʼtibor bergan. Asosiy asari 1916-y. da yozilgan «Umumiy va sanoat maʼmuriyati» kitobi. Fayol qarashlari boshqaruv tizimini yaratish va boshqaruv tarkibini shakllantirishning meʼyoriy konsepsiyasini asoslashga xizmat qiladi. Sadir Salimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x