Farhod va Shirin — Oshiq bo’lsa har kishi

Oshiq bo`lsa har kishi,
Devona bo`ldim deydi.
Adashib yo o`ngu-tushi,
Ravona bo`ldim deydi.

Oshiq yo`q mendan o`zga-yey,
Yagona bo`ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so`zga-yey
Begona bo`ldim deydi.

Sayrar goh misli to`ti,
Bulbulday goh chog`lanar.
Yondirib bu sevgi o`ti,
Parvona bo`ldim deydi.

Shohman demas yo g`arib,
Yurak bag`ri dog`lanar.
O`zi-o`zini axtarib,
Hayrona bo`ldim deydi.

Oshiq bo`lsa har kishi,
Devona bo`ldim deydi.
Adashib yo o`ngu-tushi,
Ravona bo`ldim deydi.

Oshiq yo`q mendan o`zga-yey,
Yagona bo`ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so`zga-yey
Begona bo`ldim deydi.

Goh ishonib, goh tonib,
Yashirolmay rashkini.
Kuyib-kuyib, oh yonib,
Bir yona bo`ldim deydi.

Bobur kabi giriftor,
To`xtatolmay ashkini,
Yonib-yonib yig`lab zor,
Giryona bo`ldim deydi.

Oshiq bo`lsa har kishi,
Devona bo`ldim deydi.
Adashib yo o`ngu-tushi,
Ravona bo`ldim deydi.
Oshiq yo`q mendan o`zga-yey,
Yagona bo`ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so`zga-yey
Begona bo`ldim deydi. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x