Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak

Abdurahmon JOMIY hikmatlaridan

 

  • Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim.
  • Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab boʻlsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik boʻlgani taqdirda ham, u saxovat emas.
  • Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq doʻst va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.
  • Kichiklarga hazilu istehzo oʻqin otmoq – ulugʻlik obroʻsin bekorga sotmoq va zillatu xorlik gʻuboriga botmoqdir.
  • Agar och boʻlsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qoʻzgʻatadi. Sen bilan oʻtirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uygʻotadi.
  • Yashirin siringni doʻstingga ham aytma, chunki doʻstlikka xalal yetib, dushmanlikka aylangani hayotda koʻp uchraydi.
  • Erta tongda ogʻzingga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki toʻqlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir.
  • Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas.
  • Agar mezbon dasturxon atrofida oʻzini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan oʻz jigaring aʼlo va uning sharbatidan oʻz qoning bajo.
  • Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni koʻr,
  • Choʻloq tulki unga beradi ozor.
  • Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo.
  • Bir shoir oʻqidi bemaza gʻazal,
  • Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
  • Dedimki, eng yuksak sanʼat boʻlurdi,
  • Sheʼring soʻzlari ham boʻlmasa aslo.

 

Allomaning “Bahoriston” asari asosida tayyorlandi.

 

“Yoshlik” jurnali, 2017–11

https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/faqat-foydasi-tegadigan-ilmni-olish-kerak/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x